"Kanelo" hamda Bivol jangida kimning imkoniyati yuqori? O‘zbek boks olami vakillari javob berdi

  • 3 may, 2022, 15:40
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 7 may kuni jahon professional boks olamida muhim jang bo‘ladi.

Ya’ni, rossiyalik Dmitriy Bivol Meksika vakili hamda Pound For Pound etakchisi Saul "Kanelo" Alvaresga qarshi ringga ko‘tariladi. 

Biz an’anaga muvofiq ushbu jangdagi imkoniyatlar borasida o‘zbek boks olami vakillarini fikri bilan qiziqdik.

To‘lqin Qilichev - murabbiy 

- Shaxsan ushbu jangni bevosita arenadan tomosha qilaman. Sababi, bu kechada Elnur Abduraimov ham o‘z jangini o‘tkazadi. Endi, imkoniyatlarga to‘xtalsak, "Kanelo" asosan kuchga ishlaydi. Bivol esa, masofani tutgan holda, jangni o‘z foydasiga hal qilishga urinib ko‘radi. Bivolda Kovalyovdan farqli ravishda jismoniy holat ham yaxshi, shuningdek, u anchagina yosh. Qolaversa, ringni ham yaxshi his qiladi. Bu jangda nokaut qayd etiladi deb o‘ylamayman. Ochkolar hisobida Bivol g‘alaba qozonadi. Lekin hakamlar qanday qarorga keladi, bu qorong‘u... Uning maktabi ham menga yoqadi. Bivol jangga O‘zbekistonda tayyorgarlik ko‘rdi. Yurtimiz taomlarining kuchini hamda vatanimizning barakasidan olib ketdi. O‘ylaymanki, Bivol bu jangda g‘alaba qozonadi. Shunga tilakdoshmiz!

IMG_20220503_154338_535

Farrux Qilichev - murabbiy 

- Bu jang anchagina shiddatli ko‘rinish olishi aniq. Imkoniyatlar borasida biror fikr bildira olmayman. Biroq, Bivolga muxlislik qilaman. U yurtimizda tashrif buyurdi, mashg‘ulotlar olib bordi. Ko‘rishdik, gaplashdik va u juda yaxshi inson ekanligiga amin bo‘ldik. Uning g‘alaba qozonishga umid qilamiz.

IMG_20220503_154427_172

Bobur Najmiddinov - murabbiy 

- Ikki xil uslubdagi bokschilar to‘qnashuvini guvohi bo‘lamiz. Bivol asosan oyoq harakatlari va hujumga e’tibor qaratsa, "Kanelo" qarshi hujumda uni tutishga harakat qiladi. Kim ushbu jangda to‘liq 12 raundga xos taktika qo‘llasa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Garchi, Bivolga muxlislik qilsak-da "Kanelo"da imkoniyat ko‘proq. Imkoniyatlar 60/40 Saul foydasiga. 

IMG_20220503_154510_185

Fazliddin G‘oibnazarov - bokschi 

- Qiziqarli jangni tomosha qilamiz. Garchi, bitta katta vaznda ringga ko‘tarilayotgan bo‘lsa-da, "Kanelo" baribir kuchli va unda imkoniyat yuqori. Biroq jang to‘liq davom etadigan bo‘lsa, ochkolar hisobida aniq Bivol yutadi degan fikrdaman. 

Bez nazvaniya

Hasanboy Do‘smatov - bokschi 

- Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Har ikkisini mukammal bokschi deb ayta olaman. Jang 12 raund davom etadi  va Bivolda yutish imkoniyati bor. 

IMG_20220503_154223_304

Feruzbek Yuldashev - murabbiy 

- Ushbu bahsga to‘xtaladigan bo‘lsak, "Kanelo" so‘nggi jangdagi kabi harakat qilsa, Bivol bu to‘qnashuvni o‘z foydasiga hal qilishi mumkin. Chunki, Saul so‘nggi jangida og‘irlashib qolgandek taassurot uyg‘otgandi. Biroq, meksikalik baribir juda tajribali va u har qanday raqibni o‘z yo‘rig‘iga yurg‘aza oladi. 

IMG_20220503_154447_435

Mirzakamol Ne’matov - bokschi 

- Har ikkisi juda kuchli bokschi, ikkisi ham chempion. Juda qiyin bahsni o‘tkazishadi. Biroq Saul Alvaresda ushbu jangni yutish imkoniyati ko‘p va u g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.

IMG_20220503_154151_477

Baxromjon Fozilov - bokschi 

- Hozirgi kunda Bivolda ham yaxshi imkoniyat mavjud. U o‘sib kelayotgan bokschi. Ammo "Kanelo"ga qarshi jangda unga juda qiyin bo‘ladi. Chunki meksikalik bokschi juda yaxshi jismoniy holatga ega va u bu jangda g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.

IMG_20220503_154145_846

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!