Katanets: "Eronga qarshi bunday iroda namoyish etish oson ish emas" (matbuot anjumanidagi fikrlar)

  • 21 noyabr, 2023, 20:52
  • 2
  • Futbol

Osiyo qit’asida 2026 yilgi jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston - Eron uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Bellashuvdan so‘ng vakillarimiz terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Xayrli kech, barchaga! Futbolchilarni tabriklayman! Sababi, biz 0:2 dan so‘ng hisobni tenglashtira oldik. Eronga qarshi bunday iroda namoyish etish oson ish emas. Ilk taymda biz juda sust o‘yin namoyish etdik, agressiv hamda o‘zimizga ishonmagan holda to‘p tepdik. Shunga qaramay, men va yigitlar bugungi natijadan xursandmiz.

Hakamlar bo‘yicha xulosa chiqarmoqchi emasman. Ammo hakam raqibga nisbatan ayrim epizodlarda yon bosdi. Biroq bu haqda batafsil to‘xtalib o‘tirmoqchi emasman. Murabbiylar o‘yinda o‘z ishini bajardi, ular g‘alaba uchun asablaridan voz kechishdi. Futbolchilar kabi ular ham borlarini berib, g‘alaba uchun ter to‘kishdi. 

Ikkinchi bo‘limda biz ketma-ket hujumlar tashkil etdik. Shu vaziyatda eronlik futbolchilar yana o‘z uslubida harakat qila boshlashdi. Ular tempni tushirish uchun har ishni qilishga tayyor edi. 

Birinchi bo‘limdan so‘ng biz iroda namoyish eta oldik. Tarkibimizda muammolar etarli edi. Siz xorijda o‘ynayotgan futbolchilarimiz maydonga tushmayotganidan xabaringiz bor. Ularning ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini istardim. Shunga qaramay, biz o‘zimiz uchun ochko olishga muvaffaq bo‘ldik. Qiyin va noqulay raqib ekanini inobatga olsak, men bugungi natijadan xursandman. 

Yoshlarga bugun imkon berildi, deb hisoblayman. Ilk daqiqalardan ularga imkon berish katta tavakkal va mas’uliyat talab etadi. Ularda bosim boshqalarga nisbatan kuchli bo‘ladi. Yoshlar vaziyatga moslashishi kerak va bu dastlabki daqiqalarda amalga oshirilib xatoga yo‘l qo‘yilsa, natijaga keskin ta’sir ko‘rsatishi mumkin", - dedi mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бахтиёр Мирзаев
21/11/2023 21:44
Бу хам тарихий натижа. Эронга к,арши уй учрашувларида фак,ат маглубиятга учрар эдик!!!!
Абдухаликов Мухаммад
22/11/2023 10:46
Балли йигитлар терма жамоада усиш бор