Kuman "Barselona"dagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi, Messi esa yana baxtiyor

  • 19 aprel, 2021, 20:40
  • 1
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Barselona" Ispaniya kubogi finalida "Atletik" Bilbaoni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Bu Ronald Kumanning jamoadagi ilk sovrini bo‘lish bilan birga, ketish kayfiyatida yurgan Messini "Kamp Nou"da qolishga undovchi "signal" bo‘ldi. 

"Barcelona" chempionlikka ham tayyormi?

“El-klasiko”da imkoniyat boy berilgach, “Barsa” “Atletik”ga qarshi bo‘ladigan kubok finalida ham jiddiy qiyinchilikka duch kelishi mumkin, degan taxminlar bor edi. Chunki aynan bilbaoliklar so‘nggi paytda “ko‘k-anor ranglilar”ni sovrinlarsiz qoldirayotgan edi. Shularning oxirgisi Ispaniya Superkubogi doirasida sodir bo‘lgan. Shu sababli, Sevilyadagi o‘yin haqiqiy jangga aylanishi kutilgandi. Boz ustiga bu kubok “Atletik” uchun joriy mavsumda qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan so‘nggi sovrin edi. Basklar “Barsa” hujumiga bir soat chiday oldi, shundan so‘ng ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, kataloniyaliklar birin-ketin gollar kirita boshladi. Messining dubli, Grizmann va Frenki de Yongning gollari “Barselona”ning 4:0 hisobidagi yirik g‘alabasini ta’minladi.

Kataloniya klubining ushba g‘alabasidan so‘ng La Ligada chempionlik kurashi yanada qizg‘in bo‘lishini isbotladi. Boisi, “Real” tarkibida bir qator jiddiy yo‘qotishlar mavjud, ayniqsa himoya chizig‘ida. “Atletiko” esa chempionatning so‘nggi 9 ta o‘yinida bor yo‘g‘i 3 tasida g‘alaba qayd etdi xolos. Diego Simeone jamoasi katta tezlikda ochko yo‘qotib bormoqda. Kecha bo‘lib o‘tgan kubok finali yana bir bor ko‘rsatdiki, “Barselona” o‘rtamiyona klublar bilan o‘yinlarda ortiqcha qiyinchilikka duch kelmaydi. Bu so‘nggi o‘yinlarda ham o‘z aksini topgan. Jumladan, “Real Sosedad” 6:1, “Ueska” 4:1 va “Sevilya” 3:0 hisobida taslim etildi. Qisqa qilib aytganda, “Barsa” La Liga g‘olibligi uchun asosiy da’vogar hisoblanadi. Kubok finalida  “Atletik”ga (4:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin buni yana bir bor tasdiqladi.

Messi endi soqolsiz

Final oldidan aksariyat futbolchilar soqol olishmaydi, ammo Messi "Atletik" bilan jangga soqolini olgan holda tushdi. Aytish kerakki, Leo soqolsiz ancha yoshroq ko‘rinadi. U kecha xuddi 17 yoshidagi kabi soqolsiz o‘ynaydi. Ispaniya kubogi finali yuqoridagi faktning hech qanday ahamiyatga ega emasligini isbotladi. Messi ushbu uchrashuvda dubl qayd etdi. Shu tariqa, u Ispaniya kubogi finallarida kiritgan gollari sonini 9 taga etkazib oldi. Bu esa ushbu musobaqa rekordi hisoblanadi. Messi bu borada afsonaviy Telma Sarrani ortda qoldirishga erishdi. Bundan tashqari, Messi Ispaniya kubogi finalida 4 daqiqa ichida 2 ta gol urdi. Bu natijani so‘nggi bor yana o‘sha Telma Sarra 1950 yilda qayd etgan edi.

Kecha qo‘lga kiritilgan Ispaniya kubogi Messining faoliyatidagi 35-sovrin bo‘ldi. U so‘nggi ikki yildan buyon bu qadar xursand bo‘lmagandi. Messi kubokni ko‘tarib, maydonda xuddi bolalarcha yurardi, ammo u jamoadoshlari uchun tirik afsona. O‘yindan so‘ng, Messi bilan kubok oldida birga suratga tushish uchun “Barsa” futbolchilarining navbatda turgani ushbu faktning yana bir tasdig‘i bo‘ldi.

33 yoshli argentinalik futbolchining “Barselona”dagi taqdiri hamon noma’lumligicha qolmoqda. Biroq kechagi titul Messini jamoada qolishga undagan bo‘lsa ne ajab.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ziyoviddin Usmanov
19/04/2021 23:12
Kichkina maqolada nechta xatolik, savodsizlik sal mas'uliyatli jurnalist quyinglar.