Kutilmagan yangilik: Futbolni tark etishi kutilgan Azar Angliyaga qaytmoqda

  • 28 avgust, 2023, 16:06
  • 0
  • Futbol

“Real”dagi faoliyati o‘zi kutganidan chiqmagan Eden Azar yozda madridliklar bilan shartnomasi tugaganidan keyin o‘ziga jamoa topolmayotgan edi.

Belgiyalik hujumkor futbolchi bu pallada faoliyatini tugatishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatildi.

Kutilmaganda, Azar oldida o‘zi porlagan Angliya Premer-ligasiga qaytish varianti tug‘ildi.

Britaniya matbuotining yozishicha, “Kristal Pelas” Azarga yana o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berishga qaror qilgan.

Azar “Real”ga o‘tgunicha etti yil Angliyada to‘p tepgan. “Chelsi” safida ikki martadan Angliya kubogi va Evropa Ligasida g‘olib chiqqan.

“Kristal Pelas” 32 yoshli Azarni jamoani tark etib, “Galatasaroy”ga o‘tib kelgan Uilfred Zaaga o‘rinbosar sifatida olib kelmoqchi.

Azar 2007-2012 yillar davomida “Lill” safida 194 ta uchrashuvda 50 gol va 53 ta assist, 2012-2019 yillarda “Chelsi”da 352 ta o‘yinda 110 ta gol va 2 assist qayd etgan.

“Real”dagi statistikasi esa, ancha kamtar. To‘rt yil davomida futbolchi jami 76 marotaba maydonga tushib, atigi ettita to‘p kiritdi va jami 12 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!