Laportaning “Barselona”ni qutqarish rejasi: Xavi va Puyolni qaytarish, Messini saqlab qolish va Xolandni sotib olish

  • 19 aprel, 2021, 21:11
  • 0
  • Futbol

Messini tarkibda saqlab qolish

Afsona, to‘purar, dispetcher. Agar Laporta Messini tarkibda saqlab qolmoqchi bo‘lsa, u holda argentinalik futbolchining otasi Xorxening “og‘zini” pul bilan yopishi kerak. Shundagina Leo “Barsa”ni boshqa jamoaga almashtirmasligi mumkin. Kataloniyaliklar buni uddalasa, Messi, albatta yana bir necha mavsum jamoaga katta foyda keltiradi.

Hozir "Barcelona"da Messiga avvalgidek maosh to‘lashga sharoit yo‘q. Ammo Leoning rahbariyatga qo‘yayotgan "ultimatumiga" rozi bo‘lish mumkin. Chunki u normal takliflarni bermoqda – yoshlarga ko‘proq ishonch bildirish, jamoaning faxriy futbolchilariga bo‘lajak transferlar masalasida sport direktori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish huquqini berish. Ammo Laporta Messiga to‘liq bo‘ysunishni xohlaydimi? Bu haqiqatdan yiroq, ayniqsa, bir necha yildan so‘ng baribir Messining ketishini inoabtga olganda. Mantiqan olib qaraganda ham, rahbariyat yangi jamoani barcha ishlarga ta’sir o‘tkaza oladigan futbolchi atrofida qurmaydi.

Laporta obeщaet uderjat Messi | ReadFootball

Xavi-bo‘lajak murabbiy

Kuman katta muvaffaqiyatsizlikka uchramadi, ammo unda muhim o‘yinlarda g‘alaba qozonish uchun murabbiylik g‘oyalari etishmayapti. Oddiy jamoalar osongina mag‘lub etildi, ammo PSJ va “Real” kabi jamoalar “Barselona”ning haqiqiy kuchini ko‘rsatib qo‘ydi. Biroq Kumanga yana bir mavsum imkon berilsa, balki u vaziyatni izga solishi va jamoani sovrinlar sari etaklashi mumkindir.

Bir qarashda Xavi “Barselona” murabbiyligi uchun eng munosib nomzoddek tuyuladi. Ammo uning boshiga Lempardning kuni tushmaydimi? Qatardagi sovrinlar Ernandesning zo‘r murabbiyligini isbotlamaydi. Kataloniyaliklar esa ikkinchi Gvardiola va Zidanni qidirmoqda. Xavi bu borada asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Mundo Deportivo opublikoval prichiny otkaza Xavi vozglavit «Barselonu» -  Chempionat

Pul topish

Pulning etishmasligi yangi murabbiy olib kelishga, Messini saqlab qolishga va yangi transferlarni amalga oshirishga katta to‘siq bo‘ladi. Laportaning esa pul ishlab chiqaradigan zavodi yo‘q. Shu sababli uning oldida 2 ta yo‘l bor:

1- U Bartomeu bilan ishlashni xohlamagan 35 ta kichik homiylar topdi va aynan shular orqali moliyaviy holatni yaxshilashi mumkin.

2-Davlatdan va muxlislardan qarz olish. U jamoa obligatsiyalarini chiqarmoqchi va yig‘ilgan qarzni 2023 yilgacha to‘lashni rejalashtirmoqda.

Qog‘ozda hammasi chiroyli. Laportaning so‘zlariga ko‘ra, Messi “Barselona” daromadining 8 foizini oladi va klub byudjetining 30 foiz miqdorida foyda keltiradi. Bu noto‘g‘ri. Masalan, Ronaldu “Real”dan ketgach “qirollik klubi”ning daromadlari kamaymadi, hatto pandemiya davrida ham. Qolavresa, Ispaniya “Barselona”ga ko‘p pul beradi, deb kim aytdi? Muxlislarning hammasi ham Laportaga to‘liq ishonadi, deb o‘ylaysizmi? Yangi prezident katta ehtimol bilan mamlakatning obro‘li milliarderlari bilan til topishishiga to‘g‘ri keladi.

Laporta vstretilsya s Kumanom i futbolistami "Barselony" (Video) - FootBoom

Tarkibni tozalash

Agar Grizmann, Dembele, Koutino, Breytueyt, Pyanich va Umtiti jamoadan ketsa, “Barselona” muxlislari bundan ranjimaydi. Bu klub g‘aznasiga ham engillik bo‘ladi va yangi futbolchilar sotib olishga moliyaviy imkoniyat paydo bo‘ladi.

“Barselona” qanday qilib muvaffaqiyatli transferlar amalga oshirishni unutib qo‘ydi. Laporta avvalgi prezidentlik davrida “Barselona”ga Bekxemni taklif qilgan, ammo yakunda u “Real”ga o‘tgan. Keyin kataloniyaliklar Devidning o‘rniga PSJdan Ronaldinoni sotib oldi. Grizmann, Dembele va Koutinoning sotib olinishi “Barselona”ga katta zarar keltirdi. Chunki ushbu futbolchilar ancha qimmat narxda xarid qilingan edi.

You can't imagine what it was like to see you two from yards behind':  Carles Puyol and Andres Iniesta swoon at Xavi's skills

Afsonalarni jamoaga qaytarish

Laporta oldingi xatolarini takrorlamaslikni orzu qiladi. Shuning bois u birinchi navbatda jamoaning avvalgi nufuzini tiklash uchun klub afsonalarini ortga qaytarmoqchi. Puyol va Inesta kabi yaqin o‘tmishning yorqin namoyoondalari hali ham dunyo bo‘yicha ko‘plab muxlislariga ega. Agar Xavi bosh murabbiy sifatida qaytadigan bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

Afsonalardan biri bo‘lgan Erik Abidal allaqachon klubda ishlab ko‘rdi. Ma’lum bo‘ldiki, “Barselona” afsonasi bu professional mutaxassis degani emas. Laporta ham huddi Bartomeuning usulini qo‘llab, klubning obro‘-e’tiborga ega shaxslari orqali o‘z kirdikorlarini yashirishni maqsad qilayotgan bo‘lishi mumkin. Eng muhimi skautlar, sport direktori va bosh murabbiy kim bo‘lishidir.

Transfery, Erling Xoland mojet pereyti v «Barselonu», esli uydyot Lionel  Messi, kuda pereydyot Erling Xoland - Chempionat

Superhujumchi sotib olish

Messi Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun rahbariyatdan super transferlarni amalga oshirishni talab qilmoqda. Erling Xoland jamoa hujumida Luis Suaresdan so‘ng yuzaga kelgan muammoni to‘liq bartaraf etishi mumkin. Shunda “Barsa” “3-4-1-2” taktikasida o‘ynashi mumkin. Bunda Messi pleymeykerlik rolini bajaradi.

Agar Xoland “Kamp Nou”ga kelmasa, u holda Laportaning holiga maymunlar yig‘lashi mumkin. Chunki, Messi boshqa jamoaga ketadi, Xavi moliyaviy holat barqarorlashmagunicha jamoaga kelishni xohlamaydi, Grizmann va Dembelega xaridor chiqmasa, ularni yana jamoada olib qolishga to‘g‘ri keladi.

Yuqoridagi fikrlar shunchaki bir taxmin edi xolos. Ammo baribir Laporta “Barselona”ni bu vaziyatdan olib chiqishi oson bo‘lmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!