“Liverpul” afsonasi Muhammad Salohni qattiq tanqid qildi

“Liverpul”ning sobiq futbolchisi va bosh murabbiyi Grem Suness hozirgi jamoa etakchisi Muhammad Salohni ayamay tanqid qildi.

- Maydonda og‘ir vaziyat yuzaga kelganida va raqib futbolchisi uni kuchliroq ta’qib qilganida Muhammad Saloh o‘yindan “tushib” qoladi. Salohga bundan o‘ynash yoqmaydi.

Bir necha uchrashuvda misrlik forvard kurashdan qochganini ko‘rdik. U “Liverpul” futbolchisi sifatida har doim oxirigacha kurashishi shart, - dedi Grem Suness.

Muhammad Saloh “qizillar” safida 2017 yildan beri o‘ynamoqda. Bu davr ichida afrikalik to‘purar Angliya chempionati, ichki kuboklar, Evropa Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!