"Liverpul" taqdirga tan berdi!

"Liverpul" "Bayer" ustozi Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlash fikridan voz kechdi.  Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi. 

"Qizillar" mutaxassis bilan ma’lum vaqt aloqada bo‘lgan, lekin Xabidan aniq javob olishmagan. Mesisaydliklar murabbiy Leverkuzendan ketmoqchi emas deya hisoblamoqda.

Endi, "Liverpul" bor e’tiborini "Sporting" murabbiyi Ruben Amorimga qaratadi. Shuningdek, "qizillar" "Brayton" ustozi Roberto De Dzerbi variantini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!