"Liverpul"ga belgiyalik iqtidor egasi kerak

  • 26 iyul, 2023, 14:03
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" belgiyalik yarim himoyachi Romeo Lavia uchun "Sautgempton"ga yaxshilangan taklif tayyorlamoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Sautgempton" 19 yoshli futbolchi uchun kamida 50 million funt talab qilishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Laviyaning o‘zi ham «Liverpul»ga o‘tmoqchi, shu bois shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishda hech qanday muammo bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan mersisaydliklarning u bilan muzokaralari bir necha haftadan buyon davom etmoqda.

“Sautgempton” avvalroq “Liverpul”ning Laviya borasidagi 37 million funt sterlinglik birinchi taklifini rad etgandi.

Laviya o‘tgan mavsumda Premer-ligada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!