"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik"

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan "Olimpik Mobiuz" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 2:2 hisobida jangovar duranga imzo chekdi.

Ikki jamoadan ham bir nafardan futbolchi hakam tomonidan chetlatildi. Qolaversa, "temiryo‘lchilar" sardori Sanjar Tursunov 59-daqiqada penaltidan foydalana olmadi. Uchrashuvdan so‘ng Aleksandr Stoymirovich matbuot anjumanida qatnashdi.

"Birinchi bo‘limda gol urib olishimiz kerak edi. Ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik, yuz foizlik imkoniyatlardan foydalana olmadik. Qizil kartochkada nima bo‘ldi, nimalar ro‘y berdi, bilmadim.

Ikkinchi bo‘limda barchasini qaytadan boshladik, o‘yinni boshqatdan qurdik. Bir qancha vaziyatlarni yaratdik, ikki vaziyat gol bo‘ldi, hisob 2:2 holida o‘yin yakunlandi", - dedi Stoymirovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!