"Lokomotiv" nigeriyalik legioner bilan shartnoma tuzdi

  • 27 iyul, 2021, 18:50
  • 0
  • Futbol

“Lokomotiv” klubi Jasur Jaloliddinovdan keyin yana bir transferni amalga oshirdi. Jamoa yig‘inida ishtirok etib kelayotgan nigeriyalik 22 yoshli himoyachi Samuel Opex rasman “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzoladi.

Bu borada klub matbuot xizmatining xabarida shunday yozilgan:

22 yoshli himoyachi Samuel Opex “Lokomotiv” bilan shartnoma imzoladi. Mavsumning birinchi yarmini “Oqtepa” tarkibida o‘tkazgan futbolchi ikkinchi davrada jamoamiz sharafini himoya qiladi.

loko_10

Opex 22-raqamli libosda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu himoyachi mavsumning birinchi qismida “Oqtepa” safida 12 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!