Lopetegi Frantsiya klubini boshqarishi mumkin

  • 8 sentabr, 2023, 06:44
  • 0
  • Futbol

Ayni payida ishsiz bo‘lib turgan Xulen Lopetegi Frantsiyaning "Lion" klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar tarqatmoqda. 

Chempionatda 1 ochko bilan 18-pog‘onada ketayotgan "Lion" Laurent Blankni o‘z lavozimidan ozod qilishi kutilmoqda. U klubda 2022 yil oktyabrda ish boshlagandi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, rahbariyat Grem Potterga ham aloqaga chiqdi, lekin ingliz mutaxassisi rad javobini berdi. U hali qaytish-qaytmasligini hal qilib olmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!