Lopetegi jamoasiga PSJ futbolchisini olib kelmoqchi

  • 12 yanvar, 2023, 15:43
  • 0
  • Futbol

PSJ yarim himoyachisi Pablo Sarabiya yaqin kunlarda Angliya premer-ligasiga o‘tishi mumkin. Jurnalist Adrien Grenierning ijtimoiy tarmoqlarda yozishicha, ispaniyalik futbolchi Xulen Lopetegi ustozlik qilayotgan “Vulverxempton”ning qiziqishlar doirasiga tushib qolgan.

"Bo‘rilar" ustozi o‘tgan mavsum "Sporting" safida Portugaliya chempionatida 15 ta gol urgan Sarabiyaga ega bo‘lishni xohlamoqda. Ta’kidlash kerakki, "Vulverxempton" hali ham premer-ligada xavfli zonada bormoqda.

Qizig‘i, Sarabiya va Lopetegi "Sevilya"da birga ishlashga ulgurmadi. Xulen 2019 yilning yozida jamoani qabul qilishi bilanoq, oradan bir oy o‘tib yarim himoyachi PSJga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!