Luis Enrike "Manchester Yunayted"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi

  • 29 mart, 2022, 15:35
  • 0
  • Futbol

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike yozda «Manchester Yunayted» boshqaruviga kelishi mumkinligini inkor qildi.

"Dekabr oyida men Ispaniya terma jamoasi bilan Qatarda bo‘lishim kerak. Meni esa hozir o‘z mamlakatimni jahon chempionatida himoya qilishdan ko‘ra qiziqtiradigan narsa yo‘q. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz. Bu gapni qachongacha takrorlash mumkin?" - deya murabbiyning so‘zlarini keltirdi Goal.com.

Eslatib o‘tamiz, Enrikening Ispaniya terma jamoasi bilan amaldagi shartnomasi JCh-2022 yakuniga qadar mo‘ljallangan.

«Manchester Yunayted» rahbariyati esa Enrikedan tashqari Xulen Lopetegi («Sevilya»), Maurisio Pochettino («PSJ») va Erik ten Xag («Ayaks») kabi mutaxassislar nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!