Makgregor, Masvidal, Jo Billi Sonders mag‘lubiyatiga "sabab bo‘lgan" bexosiyat Versace kiyimi. Keyingisi Tayson Fyurimi?

  • 5 oktabr, 2021, 20:40
  • 0
  • Boks
Yakkakurash sport turlari ichida bir noodatiy va nohush an’ana mavjud. Bu Versace kiyimi bilan bog‘liq. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, o‘z janglari oldidan ushbu brend kiyimida ko‘ringan bir qator mashhur UFC jangchilari va bokschilar o‘z mag‘lubiyatlarini qabul qilib olgan.
 
Professional boksning super o‘rta vazn toifasida Saul Alvares va Jo Billi Sonders o‘rtasida birlashtiruvchi jang bo‘lib o‘tgani yodingizda bo‘lsa kerak. Jang oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida bokschilar o‘zaro yuzma-yuz kelgan. O‘shanda muhlislar e’tiborini Sonders kiyib olgan Versace kiyimi ko‘proq tortgan edi. Sonders bu kiyimni kiygan jangchi mag‘lub bo‘lishi borasidagi an’anaga chek qo‘ymoqchi bo‘lgan. Muhlislar esa bu holatni ko‘rgach, MMA jangchilari orasidagi bu "lanat" Sondersga ham ta’sir qilishini aytib o‘tishgan. 8 may kuni o‘tkazilgan jangda esa Sonders "Kanelo"ga muddatidan oldin imkoniyatni boy berdi va maqsadiga erisha olmadi.
 
NINTCHDBPICT000651603756
 
Oldinroq, Konor Makgregor, Xorxe Masvidal, Israel Adesanya kabi mashhur UFC jangchilari bilan ham bunday holat sodir bo‘lgan. Makgregor UFC 229 doirasida Habib Nurmagomedov bilan jangidan oldin aynan mazkur brenddagi kiyimda namoyon bo‘lgan. Yakunda esa Konor Habibga imkoniyatni boy berdi. 
 
Israel Adesanya esa Yan Blaxovich bilan to‘qnashuv oldidan "SportsCenter"ga bergan intervyusida ham shunday libosda edi va mazkur jangda Adesanya faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgan. 
 
Xorxe Masvidal ham bu borada chetda qolmagan. U bir emas ikki marta shunday holatga tushgan. UFC 251 va UFC 261 turnirlari doirasigi janglaridan oldin Versace halatini kiygan Masvidal Kamaru Usmanga taslim bo‘lgan edi. 
1200435932.jpg
 
Bilamizki, bizni 9 oktyabrda professional boksning superog‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadigan Tayson Fyuri va Deontay Uaylder jangi kutib turibdi. Bugun Top Rank qarorgohiga tashrif buyurgan Fyuri Versace bilan bog‘liq nohush an’anaga chek qo‘ymoqchi ekanini bilish qiyin emas edi. Bizni oldinda qiziqarli jang kutib turibdi.
 
photo_2021-10-05_20-34-30

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!