Makgregor o‘z spirtli ichimligi bilan faxrlanadi

  • 19 mart, 2020, 19:44
  • 0
  • MMA

UFC ikki divizioning sobiq chempioni Konor Makgregor boks bo‘yicha WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri va sobiq chempion Deontey Uaylder o‘rtasidagi jangni yodga oldi.

"Fyuri va Uaylder o‘rtasidagi jang juda yuqori darajada bo‘lib o‘tdi.

Ikki gigant o‘rtasidagi ajoyib jang, juda kuchli zarbalar bilan bo‘lib o‘tgan kurashda mening spirtli ichimlik ishlab chiqaruvchi kompaniyan asosiy brend homiy bo‘lganidan faxrlanaman.

"Proper 12" ham Tayson Fyurining yonida g‘olib bo‘ldi," - dedi Makgregor.

Eslatib o‘tamiz, 22 fevral kuni Las-Vegasda Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi revansh jangi bo‘lib o‘tgan edi va britaniyalik ettinchi raundda nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!