"Manchester Yunayted" Bundesliganing ikki yulduzini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Manchester Yunayted" klubi yozda yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Bu borada rahbariyat Bundesligadan variantlarni ko‘rib chiqmoqda. 

"Telegraph" nashrining xabar berishicha, "qizil iblislar" yozda sotuvga qo‘yiladigan Florian Virts va Jamal Musialani sotib olishga urinib ko‘radi. Biroq mazkur ikki iste’dod sohibi uchun katta summa sarflanishi kutilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Yunayted" ayni payt APL turnir jadvalida 54 ochko bilan 6-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!