"Manchester Yunayted" Ten Hag borasida bir qarorga keldi

"Manchester Yunayted"ning yangi rahbariyati Erik ten Hagni bosh murabbiy sifatida saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Athletic nashri xabar bermoqda.

Kompaniyaning fikricha, mutaxassisda jarohatlanganlar va jamoani kadrlar bilan bilan bog‘liq muammolar tufayli bor imkoniyatini ishga solish uchun sharoit yo‘q edi. Qolaversa, murabbiyning ishdan bo‘shatilishi qo‘shimcha moliyaviy harajatlarga sabab bo‘ladi, "qizil iblislar" buni xohlamaydi. 

Biroq, agar mutaxassis qolsa, u "Yunayted"ning yangilangan sport departamenti bilan yaqindan hamkorlik qilishi kerak bo‘ladi. Klub murabbiyning transfer qarorlarini qabul qilinishdagi huquqlarini cheklaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!