"Manchester Yunayted" ten Xagga jamoaning o‘yinlarini yaxshilash uchun muddat berdi. Aks holda...

  • 4 oktabr, 2022, 08:30
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" derbisidagi dahshatli mag‘lubiyatdan so‘ng (3:6) niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xagning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" rahbariyati jamoaning Premer ligadagi hozirgi holatidan norozi va amaldagi murabbiyga JCh-2022 boshlangunga qadar jamoaning holatini yaxshilash uchun imkoniyat beradi. Agar vaziyat o‘zgarmasa, ten Xag iste’foga chiqishi mumkin.

Erik o‘rniga La Ligadagi omadsiz start tufayli "Sevilya"dan ketishi kutilayotgan ispaniyalik Xulen Lopetegi taklif qilinishi mumkin. Andalusiyaliklar etti turdan keyin 17-o‘rinda bormoqda.

"Manchester Yunayted" APLdagi dastlabki 7 turdan keyin 4 marta g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 bora mag‘lubiyat alamini tortib ko‘rdi. Jamoaning to‘plar farqi  - 11:14.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!