Mayk Tayson hozir eng zo‘r bokschi kimligini aytdi

  • 23 aprel, 2023, 20:01
  • 0
  • Boks

Professional boks qiroli sifatida tan olingan Mayk Tayson bugungi kunda dunyoning eng zo‘r bokschisi kim ekanini aytdi.

Amerikalik charm qo‘lqop ustasi bu nomga britaniyalik o‘ta og‘ir vaznli bokschi Tayson Fyuri loyiq ekanini ta’kidladi.

- Birinchi raqamli jangchi, butun dunyoda eng zo‘ri bu Tayson Fyuri. Ha, haqiqatan shunday. Hozir u boksning eng mashhur vakili, bu sport turidagilar orasida eng taniqlisi, - dedi Mayk Tayson.

Tayson Fyuri professional boksdagi faoliyatida 34 ta uchrashuvning 33 tasida raqiblari ustidan zafar quchgan va bir marotaba durang qayd etgan. 24 marotaba raqiblarini nokaut qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!