Mayk Tayson: "U boksdagi sensatsiya!"

  • 12 oktabr, 2023, 11:25
  • 0
  • Boks

Superog‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson (50-6,44KO) Tayson Fyuri (33-0-1,24KO) haqida щziga xos fikrlar bildirib o‘tdi.

"Fyuri barcha davrlarning eng zo‘r bokschisi emas, lekin hozirda u haqiqatdan ham yuqori cho‘qqida - u ayni paytda eng zo‘r bokschi. U buyuk, deb ayta olaman. Fyuri kamarini himoya qilib ulgurgan, u xozircha engilmas. U boksdagi sensatsiya - bunga shubha yo‘q", - dedi “Temir Mayk”.

Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni Tayson Fyuri sobiq UFC chempioni Frensis Ngannuga (17-3) qarshi bahs yuritadi. Aynan Ngannuni jangga Mayk Tayson tayyorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!