MDH o‘yinlari. Vakillarimiz kunni 7 ta medal bilan yakunladi

Belarusda ikkinchi MDH o‘yinlarining yana bir kuni ortda qoldi. Kecha O‘zbekiston delegatsiyasi o‘q otish sporti, engil atletika, og‘ir atletika, dzyudo turlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga egalik qilishdi. Kun qahramonlari bilan tanishing:

Oltin:
Parizod Abdullaeva (engil atletika, yadro uloqtirish)

Kumush:
Anastasiya Silchenkova (engil atletika, 2000 metr)
Shodiyona Rahmonova (engil atletika, 300 metr, to‘siqlar osha)

Bronza:
Despina Bandaletova (engil atletika, 2000 metr)
Nursultan Esberganov (og‘ir atletika, -81 kg)
Pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan o‘q otish, jamoaviy (Islombek Obidjonov, Sodiqjon Abdullaev, Umidbek Kamolbekov)
Dzyudo bo‘yicha jamoaviy dastur.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!