Merson APLdagi chempionlik kurashi haqida: Tayson bor joyda kamardan umid ham qilmang

Pol Merson "Manchester Siti"ni mashhur bokschiga qiyosladi. 

"Meni havotirga solayotgan narsa shuki, "Arsenal" keyingi uchta bellashuvda g‘alaba qozonsa-yu, lekin baribir chempion bo‘lmasachi? Bu jamoaga qanday ta’sir qilarkan. Joriy mavsum startida hamma "to‘pchilar"ni quladi, deb o‘yladi, ammo ular o‘zlarini isbotladi. 

"Agar "Arsenal" qolgan uchta bellashuvda g‘alaba qozonib ham chempionlikni qo‘lga kiritmasa, ular o‘ylashlari mumkin: yana nima qilish kerak? 

Vaziyat bunday. Siz og‘ir vaznli bokschisiz va bu vazn toifasida Mayk Tayson chempion. Demak, kamardan umid ham qilmang. "Arsenal" ham xuddi shunday. Ular shunchaki omadsiz. Ehtimol, "Siti" bo‘lmaganida ular APL g‘olibligini qo‘lga kiritardi"
, - dedi Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi. 


 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!