Messining kelishi "Inter Mayami" byudjetiga qanday ta’sir qildi?

"Inter Mayami" klubining bosh direktori Xaver Asensi hujumchi Lionel Messining transferi klub daromadiga qanday ta’sir qilganini tushuntirib berdi.

“Messining kelishi bilan biz byudjeti 60 millionlik jamoadan 125 yoki 130 millionlik jamoaga aylandik. Bu yil aylanmamiz 200 million yoki undan ko‘proq bo‘lishini kutyapman. Vaqtinchalik stadionni hisobga oladigan bo‘lsak, bu juda katta miqdor", - dedi Asensi.

Messi 2023 yilning iyulida erkin agent sifatida PSJdan «Inter Mayami»ga o‘tgan edi. Argentinalik futbolchining AQSh klubi bilan shartnomasi 2025 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Leoni 30 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Messi 10 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

11 turdan keyin “Inter Mayami” 21 ochko bilan MLSda birinchi o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rinda “Real Salt Leyk” (18 ochko) joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!