"Metallurg"ning sobiq ustozi Osiyodagi terma jamoalardan birini boshqarishi mumkin

Bekobodning “Metallurg” jamoasini 2021-2023 yillar davomida boshqargan ispaniyalik mutaxassis Luisma Ernandes ayni paytda biror-bir klubda emas. Biroq uning oldida takliflar mavjud.

Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevning ma’lum qilishicha, Ernandes Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun nomzodlar qatoriga kiritilgan. Ma’lum bo‘lishicha, Vetnam frantsiyalik murabbiy Filip Trusse bilan xayrlashgan.

Shuningdek, Ernandesdan tashqari italiyalik Roberto Donadoni, koreyalik Kim Do Xun va Kim Sang Sik kabi mutaxassislarning ham nomzodlari keltirilgan. Ernandes esa Sports.uz jurnalistiga chindan ham ushbu taklif mavjudligini tasdiqladi. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!