"Metallurg"ning yangi hujumchisi safdan chiqdi

  • 20 fevral, 2021, 12:25
  • 0
  • Futbol

Qishki o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini qizg‘in ravishda o‘tkazayotgan “Metallurg”ning tarkibida bir qator o‘zgarishlar bo‘lganidan xabardorsiz.

Tarkibga ayrim yangi o‘yinchilar taklif qilindi. Ularning orasida hujumchi Ivan Nagaev ham borligini bilsangiz kerak.

Bu futbolchidan murabbiylarning umidi katta. Biroq kuni kecha Nagaev jarohat olgani ma’lum bo‘ldi. “Metallurg”ning O‘zbekiston U-22 terma jamoasiga qarshi o‘tkazgan nazorat uchrashuvida uning jarohatlangani aniqlandi. Natijada Ivan ikki-uch hafta mobaynida davolanishi kutilmoqda. Superliganing dastlabki turida Nagaev maydonga tushadimi yoki yo‘qmi, bu hozircha so‘roq ostida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!