"Milan" yangi murabbiy bilan kelishib olgandi. Biroq muxlislar rahbariyat fikrini o‘zgartirdi

"Milan" rahbariyati Xulian Lopotegini bosh murabbiy lavozimiga tayinlashdan voz kechdi. 

Mutaxassis bilan shartnoma kelishib olgandi va klub bu bitimdan to‘liq qoniqish hosil qilgan. Biroq muxlislar tu tayinlovga qarshi bo‘lishdi va Lopotegiga qarshi onlayn petitsiya (murojaat) tashkil qilishdi va muxlislar 48 soat ichida 10 ming imzo to‘zpladi. Uyushgan muxlislarning noroziligi "San-Siro"dagi uchrashuvlarda bosh og‘rig‘i bo‘ladi, degan fikr rahbariyatda paydo bo‘ldi. 

Muxlislarning asosiy shikoyati Lopotegining bosimga dosh bera olmasligi va o‘z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo‘ygan buyuk tarixga ega klublarni boshqarishga qodir emasligi edi. 

Ayni vaqtda "rossonerilar" yangi bosh murabbiy izlashda davom etmoqda. Asosiy mezonlar - yoshlarni rivojlantirish qobiliyati, maosh va klub cheklovlaridan tashqariga chiqmaslik. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!