"Milan"ni tark etishi kutilayotgan Pioli yangi mavsumdan "Napoli"ni boshqarishi mumkin

"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli yangi mavsumda faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, mutaxassis "Napoli" jamoasi bilan kelishuvga erishgan. U neapolliklar bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolagani aytilmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Pioli yozda "Milan"dan iste’foga chiqarilishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan. Ayni paytda u boshchiligidagi "rossonerilar" A Seriya turnir jadvalida 70 ochko bilan 2-pog‘onani band etib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!