Mourino "Evro-2024" favoritlarini aytdi

Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino bo‘lajak Evropa chempionati favoritlari haqidagi savolga javob berdi.

"Men uchun asosiy favoritlar uchta – Portugaliya, Frantsiya va Angliya. Biroq, kutilmagan hodisalar bo‘lishi mumkin. Lekin o‘yinchilarning sifati va soniga qarab, Portugaliya turnirga g‘alaba qozonish maqsadida borishi kerak, deb o‘ylayman", - deydi 61 yoshli mutaxassis.

Yomon natijalar tufayli yanvar oyida "Roma"dan iste’foga chiqarilgan murabbiy ayni damda ishsiz bo‘lib turibdi. 

Eslatib o‘tamiz, Evropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Kubokning amaldagi sohibi Italiya terma jamoasi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!