Nacho Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin!

"Real" himoyachisi Nacho Fernandes faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Manbaning xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchini "Inter Mayami" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Devid Bekxem jamoasi Fernandesni erkin agent sifatida qo‘lga kiritmoqchi, chunki futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Nacho 2012 yilning sentyabridan beri "qaymoqranglilar"ning asosiy jamoasida o‘ynamoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Ispaniya chempionatida ispaniyalik himoyachi 23 ta o‘yin o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!