Nagelsmanni "Bavariya"da qanday kelajak kutmoqda. Yoxud tengdoshlarini shug‘ullantiradigan murabbiyning Myunxen klubiga o‘tishi haqida

Myunxenning “Bavariya” klubi o‘ziga yangi bosh murabbiy tanladi. Mavsum yakunlangach, Xans-Diter Flikning o‘rnini “RB Leyptsig”ga ustozlik qilayotgan Yulian Nagelsmann egallaydi. Keling, bugun 33 yoshli germaniyalik mutaxassisning “Bavariya”dagi istiqboli haqida gaplashamiz.

Yulian Nagelsmann avvaldan "Bavariya"da Xansi Flikning o‘rnini egallaydigan murabbiy sifatida qaralib kelinayotgan edi. Boisi, hozirgi kunda tajribali va mahoratli nemis mutaxassislarini jamoaga olib kelish bo‘yicha tanlov imkoniyati u qadar ham yuqori emas. Chunki Yurgen Klopp va Tomas Tuxel allaqachon Angliyada qo‘nim topib bo‘lgan. Shuning uchun “Bavariya” rahbariyatida jamoani ishonib topshirish mumkin bo‘lgan murabbiylardan faqat Yulian Nagelsmann nomzodi qoldi. Albatta, uni olib kelish ham oson bo‘lmasligi aniq edi. Boisi Yulianning "Leyptsig" bilan amaldagi shartnomasi bor edi. Ayrim tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, "Bavariya" Nagelsmanning tovon puli uchun "RB Leyptsig"ga 30 million evroga yaqin pul to‘lagan.

Nagelsmann ob’yasnil, pochemu otkazalsya vozglavit «Real»

Garchi Nagelsmann "Bavariya" uchun eng maqbul variant bo‘lgan bo‘lsa-da, baribir uning Myunxenda muvaffaqiyat qozonishiga shubha bor. Bir tomondan, murabbiy allaqachon katta yutuqlarga erishgan. Nagelsmann "Xoffenxaym" ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi va o‘tgan mavsum "Leyptsig" bilan ushbu musobaqaning yarim finaliga qadar etib bordi. Qolaversa, u murabbiy sifatida so‘nggi yillarda Bundesligada “Bavariya”ga qarshi tura oladigan raqobatbardosh jamoani shakllantira olgan sanoqli murabbiylardan biri hisoblanadi.

Ammo, "Leyptsig"dan "Bavariya"ga o‘tish shunchaki bitta jamoadan top-klubga o‘tish emas. Bu shuningdek, hayot tarzidagi o‘zgarishdir. Nagelsmann - yangi davr murabbiyi. Uni ma’lum darajada futboldagi inqilobchi, deyish mumkin. Uning yondashuvi zamonaviy texnologiyalarga asoslangan. "Xoffenxaym" va "Leyptsig" klublari rahbariyati Nagelsmanning iltimosiga binoan mashg‘ulot maydonchasini kvadrat shaklda qurgan va uning ro‘parasiga raqibni kuzatib turish uchun katta monitor o‘rnatgan. Ularning murabbiyning fikrlariga bunday yondashgani tushunarli, chunki ikkala klubni ham tajriba o‘tkazishga tayyor bo‘lgan novatorlar boshqarar edi.

Bavariya» pravilno priglasila Yuliana Nagelsmanna. Ubila konkurenta i vzyala  luchshego trenera - Eurosport

“Bavariya” an’analarga sodiq qoladigan klub. Klub boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge ayni damda Oliver Kan va Xasan Salixamijich kabi jamoaning sobiq yulduzlari bilan maslahatlashgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Nagelsmann ular uchun o‘yinchoqlari bilan porlagan bir bolakay xolos. Ularning fikriga ko‘ra, Yulian hali murabbiy sifatida hech narsaga erishmagan. Ular Nagelsmannga qanchalik erkinlik yaratishsa, yangi murabbiyning jamoadagi muvaffaqiyati shunchalik tez bo‘lishi mumkin. Agar u nemis futboli an’analari doirasiga tushib qolsa, unda hamma narsa tezda barbod bo‘lishi mumkin.

Nagelsmann va “Bavariya” futbolchilari o‘rtasida shakllanadigan munosabatlar alohida masala. U jamoa sardori Manuel Noyerdan yoshroq, Robert Levandovski va Tomas Myuller bilan deyarli tengdosh. Murabbiy "Bavariya" yulduzlari bilan munosabatlarini qanday yo‘lga qo‘yadi, ular uchun xarizmatik etakchiga aylana oladimi? Myunxenliklar tarkibida Chempionlar ligasi g‘oliblari va faoliyatlari davomida juda ko‘p narsalarni ko‘rgan jahon chempionlari bor. Ular yosh murabbiy va uning texnologik g‘oyalarini jiddiy qabul qilishga tayyormi?

Yulian Nagelsmann – posle pobedy nad «Zenitom»: Ya nichego ne opasalsya -  Sovetskiy sport

Aslida, Yulian Nagelsmann "Bavariya"ga o‘tishga biroz shoshganga o‘xshaydi. U umidli murabbiy, ammo juda yosh. Nagelsmannda hali ulkan g‘alabalar yo‘q, shu sababli, Myunxendagi birinchi muvaffaqiyatsiz davr rahbariyat va futbolchilar tomonidan unga bo‘lgan ishonchni shunchaki susaytirishi mumkin. Nazarimizda, Yulian "Bavariya"ga murabbiy bo‘lishdan oldin "Leyptsig"ni chempion qilishi kerak edi. Nagelsmann istiqbolli murabbiy maqomiga ega, ammo Myunxenda unga g‘oyalari nimanidir yutish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!