Namanganda yosh tennischilar bahsi davom etmoqda

  • 20 mart, 2019, 10:15
  • 0
  • Tennis
 

Namangan shahrida o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) hamda mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan an’anaviy musobaqa o‘tkazilmoqda. 

Turnirning juftlik bahslarida Aziz Dadaboev va Ibrohimjon O‘rinov rossiyalik Petr Kapuskin hamda Vladislav Tasenkov bilan raqobatlashdi.

Uchrashuvda vakillarimiz 6:4, 5:7, 10:2 hisobida g‘alaba qozondi va chorak final bosqichiga yo‘l oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!