"Nasaf"ga qarshi bugungi o‘yin oldidan "Olimpik"da ikkita yo‘qotish bor

Bugun Superliga yangi mavsumiga start beriladi. "Olimpik" "Nasaf" mehmoni bo‘lishidan xabaringiz bor. Bugungi bahs oldidan Kapadze shogirdlarida jarohat bois ishtirok eta olmaydigan ikkita yo‘qotish bor.

Mashg‘ulotlar jarayonida engil jarohat olgani bois ikki markaziy himoyachi Aleksandr Zevadinov hamda Rustam Jahonov bugungi bellashuvni o‘tkazib yuboradi. Ularning har ikkisi jamoa bilan Qarshiga kelmagan. Tez orada himoyachilar umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishadi. Bu haqda klub matbuot xizmati berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!