“Navbahor”ning sobiq bosh murabbiyi sirni ochib qo‘ydi

  • 18 noyabr, 2020, 21:35
  • 0
  • Futbol

“Navbahor”dan ketganidan keyin ishsiz yurgan Andrey Kanchelskis “Zenit” hujumchisi Artyom Dzyubaning Rossiya terma jamoasiga chaqirilmagani sababini oshkor qildi.

- Dzyubani terma jamoaga chaqirmaslik qarori yuqoridagilar tomonidan qabul qilingan. Bu erda futbol rahbarlarining terma jamoa bosh murabbiyiga bosim o‘tkazayotgan yaqqol sezilib turibdi, - dedi Kanchelskis.

Ma’lumki, Dzyubaning intim xarakterdagi videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgandan keyin hujumchi noqulay ahvolga tushib qoldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov uni rasmiy uchrashuvlarga jalb qilmadi.

Andrey Kanchelskis Dzyuba bilan yuz bergan vaziyatning futbolga aloqasi yo‘qligini va bosh murabbiyning qarori uni hayron qoldirganini bildirdi.

O‘runovning transfer pullari qaerga ketdi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!