Navbatdagi litsenziya! Temur Giyazov Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Parijda davom etayotgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionatida terma jamoamiz a’zolarining muvaffaqiyati davom etadi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida T64 klassida balandlikka sakrash dasturida ishtirok etgan vakilimiz Temur Giyazov 1 metr 97 sm natija qayd etgan holda 4-o‘rinni egalladi va Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!