Nemislar rekord transferga qo‘l urmoqda

Dortmundning “Borussiya” jamoasi yozda o‘z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Bundesliga klubi himoyani kuchaytirish maqsadida “Chelsi”dan Ian Maatsenni ijaraga olgan edi. Chap qanot himoyachisining o‘yini dortmundliklarga ma’qul keldi. Endi ular angliyalik futbolchini to‘liq transfer qilmoqchi.

“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini sotib yuboriladigan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritgan. “Borussiya” maqsadini amalga oshirish uchun 35 million funtga yaqin mablag‘ to‘lashi talab etiladi.

“Borussiya” klubi tarixidagi eng qimmat futbolchi Usmon Dembele hisoblanadi. Dortmundliklar frantsiyalik hujumkor futbolchi uchun o‘z vaqtida 30 million funt to‘lagan.

Biroq keyinchalik Usmon Dembele “Barselona”ga 135 million evroga sotib yuborilib, klubga katta daromad keltirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!