Nigina Abduraimova musobaqani g‘alaba bilan boshladi

  • 25 aprel, 2019, 17:49
  • 0
  • Tennis
Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Nigina Abduraimova Andijon shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirni g‘alaba bilan boshladi.
 
Sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqada Nigina gonkonglik Yudis Chong bilan o‘zaro kuch sinashdi. Tennischimizning ustunligida o‘tgan o‘yin 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Endi N.Abduraimova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan turnirning ikkinchi davrasida ukrainalik Valeriya Straxova bilan raqobatlashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!