Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnirda ishtirokini boshladi. Birinchi kun yakuni bo‘yicha natija qanday?

Oldin xabar berib o‘tkanimizdek, shaxmatchimiz GM Nodirbek Abdusattorov (2713) 18-23 dekabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida bo‘lib o‘tadigan shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotira turnirida ishtirok etadi. Bugun mazkur musobaqaning rapid yo‘nalishida bahslarga start berildi va 3 tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 1-turda ispaniyalik GM Fransisko Ponsni (2716), 2-turda ozarbayjonlik GM Aydin Suleymanni (2543), 3-turda esa anchagina nomdor shaxmatchi, yana bir mezbonlar vakili GM Shahriyar Mamedyarovni (2740) mag‘lub etgan holda 6 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni o‘z qo‘liga oldi.

Musobaqaning ertangi kunida esa Abdusattorovga quyidagilar raqib bo‘ladi:

4-tur: GM Abdulla Gadimbayli (2524) (Ozarbayjon);
5-tur: GM Hao Vang (2722) (Xitoy);
6-tur: GM Rauf Mamedov (2646) (Ozarbayjon).

Natijalarni bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!