Nodirbek Abdusattorov nufuzli turnirda rapid yo‘nalishida chempionlik qo‘lga kiritdi! (yakuniy jadval)

Ozarbayjonning Baku shahrida shaxmat bo‘yicha Vugar Gashimov xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu musobaqaning rapid yo‘nalishi o‘z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 9 tur yakuniga ko‘ra, 14 ochko bilan eng yaqin ta’qibchisi ispaniyalik Fransisko Ponsdan 2 ochko ilgarilab ketti chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Abdusattorov 7-turda ozarbayjonlik Rauf Mamedovni mag‘lub etgan bo‘lsa, 8-turda ruminiyalik Richard Rapport va yakuniy 9-turda hindistonlik azaliy raqibi Gukesh bilan durang o‘ynadi. 

Rapid yo‘nalishi bo‘yicha yakuniy turnir jadvali quyadigacha ko‘rinish oldi:

image_2022-12-20_19-40-24

 

 

 

 

 

 

 

image_2022-12-20_19-40-49

Musobaqaning blits yo‘nalishi bahslari 22 dekabrda start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!