Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess Indian 2022" rapid yo‘nalishi musobaqasini yakunladi (jadval)

Hindistonning Kalkutta shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess Indian 2022" musobaqasi rapid yo‘nalishi bahslari o‘z yakuniga etdi. Bugun o‘tkazilgan oxirgi turlarda hamyurtimiz GM Nodirbek Abdusattorov yaxshi natija qayd etgan bo‘lsada, bu ochkolar sovrinli o‘rinlar uchun etarli bo‘lmadi. 

 

U bugun 7-turda AQSh vakili GM Uesli Soni mag‘lub etib, 8-turda ozarbayjonlik GM Shahriyar Mamedyarov va so‘nggi 9-turda eronlik GM Parham Magsodlo bilan durang o‘ynadi.

Shu tariqa Abdusattorov 9 tur yakuniga ko‘ra 4,5 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rin bilan kifoyalandi. 

Quyida yakuniy jadval holati bilan tanishing:

IMG_20221201_202915

Musobaqaning blits yo‘nalishi bahslari 3-4 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!