Nodirbek Halimov Dubayda jang qiladi

  • 23 fevral, 11:20
  • 0
  • Boks

Professional boks olamida asta-sekin o‘zi o‘rnini topib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Nodirbek Halimovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi.

Yurtdoshimiz 25 fevral kuni Dubayda tashkil etiladigan, "EMD Fight Night 6" turnirida ringga ko‘tariladi. Unga ugandalik Lourens Ssekata raqiblik qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, hamyurtimiz faoliyatidagi ikkinchi jangini o‘tkazayotgan bo‘lsa, ugandalik bokschining ko‘rsatkichi 2-0 ko‘rinish olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!