Omad emas, aql etishmadi!

  • 25 mart, 2022, 03:21
  • 0
  • Futbol

- Amaldagi Evropa chempionlari Mundialda ishtirok etmaydi. Shimoliy Makedoniyaga qarshi bahsda ular yaqqol ustunlik qilishdi. 32 ta zarba, 16 ta burchak to‘pi va 66 foizlik to‘p nazorati. Omad etishmadi deyishingiz mumkin. Biroq men bunday fikrda emasman. Italiya raqibni kuchini to‘g‘ri baholay olmadi va erta asabiylashishni boshladi. Hujumlar, tavakkal zarbalar, muvaffaqiyatsiz uzatmalar - ochiqchasiga palapartishlik. 0:0 hisobi qaysi jamoa senga qarshi o‘ynayotganidan qat’i nazar fojia emas. Ammo Italiyadek terma jamoa ketma-ket ikki marta Jahon chempionatida qatnashmasligi haqiqiy fojia.

- Har bir ishda tartib va sabr muhim. Tartibsizlik oqibatida "skuadra adzurra" mag‘lub bo‘ldi. Endi sabr qilish kerak!


SPORTS.uz sayti jurnalisti Xudayqulov Karim 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!