Omonjon To‘xtamirzaev: "SPORTS.uz Cup"da istalgan raqib bilan o‘ynashga tayyormiz"

  • 16 noyabr, 2022, 16:14
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, 17-18 noyabr kunlari SPORTS.uz sayti tomonidan sportga ixtisoslashgan OAV vakillari o‘rtasida futzal bo‘yicha “SPORTS.uz Cup” musobaqasi o‘tkaziladi.

Bugun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jarayon so‘ngida jamoa etakchilarining fikrlari bilan qiziqdik.

"Qur’a biz uchun omadli o‘tdi. Qur’a jarayonida ham so‘rashgandi, bizga raqibning kim ekani ahamiyatsiz. Istalgan raqib bilan o‘ynashga tayyormiz. 

Sababi, chempionlikni maqsad qilgan jamoa qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’i nazar u yoki bu jamoa bilan to‘qnash keladi. Shunday ekan, biz jangga tayyormiz! Maqsad - chempionlik. 

- Guruhdagi boshqa jamoalarning imkoniyatini qanday baholaysiz? 

- Guruhda birinchi o‘rinni olishni maqsad qilganmiz. Musobaqa miqyosida oladigan bo‘lsak, menimcha, "Sport" telekanali g‘oliblik uchun yagona qarshilik qiladigan jamoa. Biroq biz ularni ham engishimizga ishonamiz".

 

Omonjon To‘xtamirzaev, "Championat.Asia" sayti jurnalisti. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!