Osiyo chempionati: Bugun 8 nafar bokschimiz jang qiladi
Xabaringiz bor 25 aprel 8 may kunlari Qozog‘iston davlati Astana shahrida 22 yoshgacha bo‘lgan bokschilar, va yoshlar hamda qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun esa musobaqaning 5-kuni start olish arafasida. Janglar 12:00 dan boshlanadi. bugungi kun dasturidan 8 nafar bokschimizning chiqishi o‘rin olgan. Demak, ular bilan tanishing!
51 kg: Shakarboy Juraev - Aryan (Hindiston)
-57 kg: Nodirbek Allaberganov - Jatin (Hindiston)
-63,5 kg: Abdulloh Tohirov - Chee Gerald (Singapur)
-71 kg: Samandar Habibullaev - Ilham Nazarov (Turkmaniston)
-80 kg: Javohir Mehriddinov - Sam Estaki (Eron)
-92 kg: Halimjon Mamasoliev - Abudu Paheerding (Xitoy)
-52 kg: Zilolaxon Yusufova - Panisa Kattipirot (Tailand)
-60 kg: Rahima Bekniyazova - Zolbo Sainbayar (Mo‘g‘iliston)
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar