Osiyo chempionati yana qoldirildi

Butun dunyo bo‘ylab keng tarqalayotgan koronavirus pandemiyasi tufayli jahon darajasidagi sport musobaqalari o‘tkazilish sanasi boshqa muddatga qoldirilmoqda.

Jumladan, Livanning Bayrut shahrida Taekvondo bo‘yicha XIV Osiyo chempionati bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Dastlabki taqvimga ko‘ra qit’a chempionati 3-6 martga belgilangan edi. Biroq musobaqa koronavirus tufayli 13-15 may kunlariga qoldirilgan edi. Biroq Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chunvon Choyning xatiga binoan aprel va may oyidagi barcha musobaqalar keyinroq muddatga qoldirildi. Bu haqda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi hozirga qadar kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 6 ta oltin, 5 ta kumush va 18 ta bronza, jami 29 ta medalni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!