"Ot izini toy bosar" yoxud kichik Magdiev "O‘zbekiston Open" chempioni!

Ayni vaqtda Toshkent shahri kikboksing bo‘yicha “O‘zbekiston Open” turniriga mezbonlik qilmoqda. Bir-biridan qiziqarli kechayotgan janglarda yangi yulduzlar ham kashf qilinmoqda.

Jumladan, 13-15 yoshlilar o‘rtasida -37 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan, Abdurahmon Ravshanov barcha raqiblarini mag‘lub etib, turnirning ikki karra chempioniga aylandi. Avvalgisida 32 kg vaznda ham chempionga aylangan edi. Qiziqarli jihati, “Ot izini toy bosar” deganlaridek, Abdurahmon Ravshanov o‘zbek yakkakurash olamining yorqin namoyandalaridan biri, qo‘l jangi va kikboksing bo‘yicha ko‘p karra O‘zbekiston chempioni, kikboksing bo‘yicha jahon va Osiyo chempioni, qo‘l jangi bo‘yicha ikki karra jahon , Osiyo va Evropa ochiq chempionati g‘olibi Rustam Magdievning o‘g‘li sanaladi.

Ha albatta, kichik Magdievning ham otasi kabi tarix yozishiga tilakdoshmiz!

Mag

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!