Otabek Shukurov nega birdan terma jamoaning o‘yini o‘zgargani, Kuperning uslubidan halos bo‘lishga qiynalinayotgan jihat haqida gapirdi

  • 13 oktabr, 2019, 14:32
  • 2
  • Futbol

Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkini saralash bosqichi 4-turidan o‘rin olgan Singapurga qarshi bahs uchun tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Jar” stadionida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan terma jamoamiz vakili Otabek Shukurovni suhbatga tortdik.

- Tayyorgarlik jarayonlari qanday kechmoqda?

- Bir necha kundan beri mashg‘ulotlar o‘tkazmoqdamiz. 10 oktyabr kuni Yaman bilan bellashdik va yirik hisobda zafar quchdik. Bu tarixga aylandi. Endi bor e’tiborimiz Singapur bilan o‘yinga qaratilgan. Kayfiyatimiz a’lo darajada. Bellashuvga barcha tayyor. Nasib bo‘lsa, Singapurdan ham ijobiy natija bilan qaytamiz.

- Yamanga qarshi bahsda 5:0 hisobida zafar quchdik va bu O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh saralashlaridagi 50-o‘yiniga aylandi. Ushbu statistikadan xabaringlar bo‘lib, yubiley o‘yinga mos hisob qayd etish uchun harakat qildinglarmi?

- To‘g‘risi, shaxsan mening xabarim yo‘q edi. Uchrashuv yakunlangach buni internetda o‘qidim.

Futbolda oldindan nima bo‘lishini hech kim bilmaydi. Hammasi maydonda hal etiladi. Hudoga shukr, 5:0ga yutdik va ushbu natija yubileyga to‘g‘ri kelganidan xursandman.

- O‘zbekiston MTJ Yamanga qarshi bahsda umuman boshqacha o‘yin namoyish etdi. Bu dajaradagi keskin o‘zgarishning sababi nimada?

- O‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, termada murabbiy almashdi. O‘zbekiston futbolidan kelib chiqqan holda biz to‘p bilan ko‘proq muomala qilamiz. Bizga himoyaviy taktika to‘g‘ri kelmaydi.

Hozir Vadim Abramov boshchiligida shu narsaga urg‘u beryapmiz, pressing uyushtirishni o‘rganyapmiz. Qolaversa, Yamanga qarshi bahs yangi murabbiy qo‘l ostidagi ilk o‘yinimiz edi. Turdan-turga yanada kuchayishga harakat qilamiz.

- Bir yil katta muddat. Bu davr mobaynida Kuperning qaysi uslubiga ko‘nikib qolgan edinglar va xalos bo‘lish qiyinchilik tug‘dirayotgan jihat?

- Oxirgi o‘yinni tahlil qilganimizda, raqibga to‘pni oldirib qo‘yishimiz bilan himoyaga birdan qaytardik, pressing qilmasdik. Shu jihat miyyaga singib qolgani uchun sal oqsagandekmiz. Endi keyingi uchrashuvlarda bundan halos bo‘lishga harakat qilamiz.

6871570728043

- Singapur terma jamoasi biz havfsirashimizga asos bo‘ladigan raqibmi?

- Har bir jamoani hurmat qilish lozim. Yodingizda bo‘lsa birinchi tur juda og‘ir kechgandi. Raqibni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Shuning uchun barchani hurmatini joyiga qo‘yib, jangovar ruhda ruhda maydonga tushish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Singapur – O‘zbekiston uchrashuvi 15 oktyabr kuni o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Рустам Содиков
15/10/2019 05:06
Термадаги йигитлар узи кучли эди. Улар бирданига узгармади. Илгаридан куп жихатдан яхши уйнардилар. Факат уларни бирлаштириб тугри йулга бошлайдиган тренер йук эди.
Худо хохласа энди яхши булади! МТЖ уйинларига омад тилайман!
Алишер Хусанов
14/10/2019 08:18
А.К.Абрамов енида ердамчи мураббий килиб Рузикул Бердиевни олса буларди,чунки иккаласини хам уйин услиби хужимкор уйин курсатади хаммда бир неча йиллардан бери Насаф кулибини бошкариб келиши билан бирга араб,ирон кулубларини унга таниш.Узбекистонгга доим глаба тилайман.
Сингапурни дарвозасига 3 та год уришади худо хохласа. Омад...