Otabek Shukurov sobiq jamoasiga qarshi to‘liq o‘ynadi

Turkiya Superligasi 35-turidan o‘rin olgan "Kayserispor" va "Karagyumruk" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda tomonlar 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.

Legionerimiz Otabek Shukurov sobiq jamoasiga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq uchrashuv o‘tkazdi. Shukurov o‘zining faol harakatlari bilan bahsning eng yaxshilaridan biri bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, "Kayserispor" 41 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Karagyumruk"esa 37 ochko bilan 15-o‘rinda joylashgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!