O‘zbek bokschilarining promouteri Eddi Xirnning eng ko‘p zarar ko‘rgan jangi qaysi bo‘lgan?

  • 25 aprel, 2021, 14:29
  • 0
  • Boks

Bugungi kunda boks olamidagi eng katta promouterlik kompaniyasidan biri bu shubhasiz, Eddi Xirnga tegishli bo‘lgan "Matchroom" kompaniyasi hisoblanadi. Bir qancha o‘zbek bokschilari Isroil Madrimov, Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliev ham mazkur promoushen mijozi ekanligi barchangizga yaxshi ma’lum. Mazkur kompaniya bevosita janglar translyatsiyasi bo‘yicha "DAZN" platformasi bilan hamkorlik qilib keladi. "DAZN Group" Eddi Xirn bilan kichik intervyu tashkil qildi. Mazkur suhbatni sizlarning e’tiboringizga havola qilamiz.

- Aytingchi, siz pul tikkan va katta zarar ko‘rgan bokschi kim bo‘lgan?


- Lyuk Kempbellning Vasiliy Lomachenkoga qarshi janggi, deya olaman. Men bu jangga ancha katta mablag‘ sarflagan edim. Kempbell esa, jangda imkoniyatni boy berdi. Buni tushunaman, chunki bu Lomachenko. Shu bilan birgalikda men ham mazkur jangdan ancha zarar ko‘rdim.


- O‘zingiz kabi katta promouterlarni qaysi biri bilan bir kun vaqt sarflashingiz kerak bo‘lsa, kimni tanlar edingiz: Bob Arum (Top Rank), El Xeymon (Premier Boxing Champions) Frenk Uorren (Queensberry).


- Balki Bob Arum, degan bo‘larim. Biz oldinda birgalikda reja qilgan hali ancha janglar bor...


- Entoni Joshua yoki Dillian Uaytdan birlari tanangizga zarba berishi kerak bo‘lsa, qay birini tanlaysiz?


- Entoni Joshuani. Chunki Dillian kuchli tana pancheri.


- Qachondir sizdan do‘stingiz pul so‘raganda "yo‘q", deganmisiz?


- Xa. Bunday vaziyatlarda juda ehtiyotkor bo‘lish kerak. Chunki, hatto do‘stlardek ko‘ringanlar orasida ham maddohlari uchraydi. Agarda, men u bilan juda yaqin bo‘lsam va unda yordamim haqiqatda zarurligini bilsam, yordam bergan bo‘lardim.


- Bir vaqtlar sizga "qaysi bokschining promouteri bo‘lishni xohlardingiz?" deganlarida, Deontey Uaylder, deb javob bergan edingiz. Hozir fikringiz o‘zgargandir?


- Teofimo Lopes. U juda iqtidorli bokschi va Tayson Fyurini ham aytgan bo‘lardim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!