O‘zbekiston ham to‘xtadi. Endi faqat Janubiy Koreya qoldi

  • 3 iyun, 2023, 15:58
  • 0
  • Futbol

Argentinada o‘tayotgan 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Ayni payt musobaqaning nimchorak final bosqichi yakunlandi. Kuchlilar saralanib bormoqda.

Kichik mundialda Osiyo nomidan O‘zbekiston, Yaponiya, Iroq va Janubiy Koreya qatnashdi. Ayni paytga kelib ulardan faqatgina Janubiy Koreya qoldi. 

Yaponiya (3 ochko) "S" guruhida Kolumbiya (7 ochko) va Isroil (4 ochko)dan so‘ng 3-o‘rinni egallab, guruhda qolib ketdi. Iroq "E" kvartetida kurash olib borib, Angliya (7 ochko), Urugvay (6 ochko), Tunis (3 ochko)dan so‘ng oxirgi pog‘onani band etdi. Osiyo kubogi finalida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushgan Iroq jahon chempionatida g‘alaba qozona olmadi.

O‘zbekiston (4 ochko) "A" guruhidagi mezbon - Argentina (9 ochko)dan keyin ikkinchi bo‘lib pley-offga yo‘l olgandi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoamiz Isroil bilan uchrashuvning oxirgi daqiqasida gol o‘tkazib yuborib, o‘z yurishini shu bosqichda to‘xtatdi.

photo_2023-05-31_03-38-19

Janubiy Koreya (5 ochko) ham "F" kvartetida Gambiya (7 ochko)dan so‘ng ikkinchi o‘rin bilan nimchorak finalga chiqdi. Janubiy Koreya nimchorak finalda Ekvadorni 3:2 hisobida taslim etib, chorak final chiptasiga ega bo‘ldi. Endi ular Nigeriyaga qarshi bahs olib boradi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, Osiyo qit’asidan faqatgina Janubiy Koreya o‘z yurishini davom ettiradi.

photo_2023-06-02_06-00-55

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!