O‘zbekiston milliy terma jamoasi oldiga Osiyo kubogida qanday vazifa qo‘yilgan? Ravshan Ermatov javob berdi

Xabaringiz bor, bundan bir necha kun avval saytimizda O‘zbekiston futbol asotsatsiyasi birinchi vitse - prezidenti Ravshan Ermatov mehmon bo‘ldi. Qizg‘in o‘tgan suhbat davomida muxlislar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Osiyo kubogi start oldi. Mana shu musobaqada Srechko Katanets oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?

"O‘zbekiston terma jamoalari oldiga doim yuqori vazifalar qo‘yiladi. Bu futzal, ayollar, yoshlar terma jamoalariga ham. Agar bunday qilinmasa, shunchaki ishtirok etgan bo‘lib qolamiz. Ko‘rib turibsiz, terma jamoamizga yoshlar qo‘shilib kelmoqda. Bu zanjir ko‘zga tashlanib qoldi. Terma jamoamiz murabbiylarida qandaydir tanlov imkoniyati bor. O‘ylamiz va ishonamizki, terma jamoamimz yaxshi o‘yin namoyish etgan xolda muxlislarimizni quvontiradi. Buning uchun terma jamoamizga barcha sharoitlar yaratilgan. Kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil etildi, tarkibni shakllantirish uchun vaqt berildi, sifatli o‘quv yig‘in mashg‘ulotlari tashkil etildi va horakazo.

Bunday turnirlar sizni hozir qanday darajada ekanligizni ko‘rsatib beradi. Rivojlanish qay darajada ketayotganini ko‘rsatadi. Kamida, yarim finalga qadar chiqishimiz kerak degan maqsadimiz bor. Hozirgi terma jamoamiz bunga qodir. Oxirgi o‘yinlarni ko‘ryapsiz, kuchli raqiblar bilan munosib o‘yin va munosib natijaga erishmoqda. Shuni ishonib aytish mumkinki, terma jamoamiz o‘zining avvalgi eng yaxshi natijasini qaytaradi", - dedi Ermatov.

https://youtu.be/ud_5ViELx5k?si=V8rIyb6xFKWm_o0E

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Искандар Нарзикулов
15/01/2024 17:11
Насиб бо'лса
Abdushukurov Odilbek
15/01/2024 17:03
Vazifa chempionlikda..
Ilhomjon Feyz
15/01/2024 22:49
Судяликда яхши ишларди.